G'oyangizni ishlaydigan mahsulotga aylantiramiz
iDevs — frontend, backend va mobil yo'nalishlarini qamrab oluvchi full-stack dasturchilar jamoasi. Loyihani ishlab chiqishdan tortib serverga joylashgacha — butun yo'lni birga bosib o'tamiz.
Biz haqimizda
iDevs — zamonaviy texnologiyalar asosida web va mobil ilovalar yaratuvchi natijaga yo'naltirilgan dasturchilar jamoasi. Next.js, React, React Native, Flutter, Node.js, PostgreSQL va boshqa ko'plab texnologiyalar asosida ishlaymiz.
Jamoamiz frontend, backend va mobil yo'nalishlar bo'yicha kuchli mutaxassislardan iborat. Loyihani g'oyadan tortib frontend, backend va mobil ilova darajasigacha — to'liq siklda birga yakunlaymiz.
Ta'lim platformalari, CRM tizimlari va biznesni raqamlashtirishga oid real loyihalarni ishga tushirgan tajribamiz bor. Har bir loyihada toza kod, masshtablanuvchi arxitektura va foydalanuvchi uchun qulay interfeysga alohida e'tibor qaratamiz.
Maqsadimiz — mijozning g'oyasini tez, ishonchli va biznes ehtiyojlariga mos dasturiy mahsulotga aylantirish.
Texnologiyalar stacki
Yo'nalish
Frontend (Web)
Zamonaviy, tez va qulay foydalanuvchi interfeyslari.
Yo'nalish
Backend
Barqaror API'lar va xavfsiz autentifikatsiya tizimlari.
Yo'nalish
Mobile
iOS va Android uchun yagona kod bazasidan tajriba.
Yo'nalish
Tools & DevOps
Joylash, kuzatuv va avtomatlashtirilgan ish jarayonlari.
Loyihalar

Innovatsion mahsulotlar, ta'lim platformasi va professional kiberxavfsizlik xizmatlari.
Fokus: kiberxavfsizlik xizmatlari, ta'lim va innovatsion IT mahsulotlari.

ComicCon tadbiri uchun maxsus tayyorlangan rasmiy promo veb-sahifa.
Fokus: tadbir haqida ma'lumot va promo taqdimot.

Supplier uchun mo'ljallangan ichki platforma. Mahsulotlar va jarayonlarni boshqarish uchun maxsus web yechim.
Fokus: yetkazib beruvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va sinovdan o'tkazish jarayoni. IT Loyihalar kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Makro marketi uchun rasmiy veb-sahifa. Brend va xizmatlar haqida umumiy ma'lumot beruvchi web loyiha.
Fokus: brend taqdimoti va mobil ilovalar. Abexlab kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Zamonaviy ko'p tarmoqli tibbiyot markazi.
Fokus: klinika xizmatlari va shifoxona haqida ma'lumot. IT Loyihalar kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Arab tilini o'rganish uchun platforma.
Fokus: darslar, mashqlar va mobil ilovadagi qulay o'quv tajribasi.

Onlayn sotuv platformasi.
Fokus: mahsulotlar katalogi va onlayn buyurtma berish. Abexlab kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

DS Lab laboratoriyasi uchun qilingan veb-sahifa.
Fokus: laboratoriya xizmatlari haqida ma'lumot. IT Loyihalar kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.


«O'zinvestloyiha» uchun tayyorlangan veb-sahifa.
Fokus: kompaniya va xizmatlar haqida ma'lumot. Abexlab kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Hayvonlar savdosi va e'lonlari uchun mo'ljallangan onlayn platforma.
Fokus: e'lonlar, filtrlash va xavfsiz aloqa.

Sayt va mobil ilovadan iborat loyiha. Next.js, React Native, Expo, Node.js, Express va PostgreSQL asosida qurilgan.
Fokus: chat, maxfiylik va qulay mobil tajriba.

Haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlanish uchun yaratilgan web platforma va mobil ilova. iOS va Android ilovalari mavjud.
Fokus: darsliklar, testlar, biletlar, video darslar va natijalarni kuzatish.

O'qituvchilar va o'quvchilar uchun onlayn testlar va imtihonlar tashkil qilish platformasi.
Fokus: Telegram orqali kirish, testlar va natijalarni boshqarish.

Mijozlar bilan tuzilgan maxfiylik shartnomalari (NDA) asosida ishlab chiqilgan 10 dan ortiq loyiha.
Bu loyihalar oshkor qilinmaydigan loyihalar.
Loyihangizni muhokama qilaylik
Formani to'ldiring — tez orada siz bilan bog'lanamiz va loyihangiz bo'yicha bepul konsultatsiya beramiz.